Engilmas bokschimiz ertangi jang oldidan vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi (video)
Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Qudratillo Abduqahharov navbatdagi jangini Malayziyada o‘tkazadi. Bugun mazkur jang oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Subang-Jaya shahrida bo‘ladigan ushbu jang 12 raund etib belgilangan. Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga vengriyalik tajribali charm qo‘lqop ustasi Latslo Toz raqiblik qiladi va "World Boxing Council Silver" chempionlik kamarini himoya qiladi. Uning raqibi professional ringda jami 29 ta jang o‘tkazib, shulardan 25 tasini g‘alaba (17 nokaut) qozongan bo‘lsa, 1 marta durang qayd etgan.
Quyida vazn tortish marosimidan olingan videolavha bilan tanishish imkoniga egasiz.

Fikrlar