Ertaga dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oladi

  • 22 dekabr, 2018, 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

23-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Xabarda aytilishicha ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan etakchi sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Bellashuvlar «O‘zbekiston» sport majmuasida tashkil qilinadi. Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!