
Evropa ligasi. Denisovning jamoasi guruhda 1-o‘rinni olib, pley-offga chiqdi
Bundan biroz oldin Evropa ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Fastav Zlin" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘yinda "temiryo‘lchilar" safarda bo‘lishlariga qaramay, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdilar.
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov ushbu o‘yinda zahirada qoldirildi. Shu tariqa, 11 ochko to‘plagan moskvaliklar guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan holda pley-offga chiqishdi.
Evropa ligasi. 6-tur.
Fastav Zlin Chexiya – Lokomotiv Rossiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 70, avtogol Gnanichek, 0:2 – 75 Farfan.
Fastav Zlin – Zlamal, Gnanichek, Mateyov (Djafich, 79), Gayich, Irachek, Gronek (Yanichek, 65), Traore, Vukadinovich, Xoltser, Kopechny, Diop (Ekpay, 72).
Lokomotiv – Kochenkov, Ignatev, Peychinovich, Kverkveliya, Miranchuk, Fernandesh, Miranchuk (Eder, 59), Denisov, Farfan (Rotenberg, 81), Kolomeytsev (Tarasov, 45), Lysov.
Ogohlantirishlar: Miranchuk (4), Gronek (45), Gayich (52), Gnanichek (65), Miranchuk (90), Traore (90).
Chetlatish: Gayich (57).
Fikrlar