Evropada yana bir qaytish yoxud Xaver Kalexa yana "Vilyarreal"da!
Xabaringiz bor bundan avvalroq "Vilyarreal" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luis Garsiya Plasani iste’foga chiqargani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tish lozimki 46 yoshli Plasa "Vilyarreal"ni o‘tgan yilning 10 dekabrida qabul qilib olgan va bu lavozimda Xaver Kalexoning o‘rnini egallagan edi.
Biroq, “sariq suv osti kemasi” prezidenti Fernando Roig sobiq murabbiy Xaver Kalexaning yana jamoa boshqaruviga qaytarilganini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, "Vilyarreal" ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Leonardu Jardim ham iste’foga chiqarilganidan 3,5 oy o‘tib yana “Monako” boshqaruviga qaytarilgan edi.

Fikrlar
Олдин ишлатиб отиб юбориладиган "узбегим шарлари" каби муносабатда булинарди.
Хозир жамоа мутасаддилари хатосини тан олиб бош егиб боришга мажбур булмокдалар.
Жардим хайдплишга лоцик эмасди.
Кайтгани бу хакикат карор топгпни булди десак булади