Fabregas "Napoli"ga o‘tishi mumkin

  • 11.07.2018 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregas faoliyatini “Napoli” safida davom ettirishi mumkin.

La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchi “aristokratlar” qiziqish bildirayotgan “Napoli” yarim himoyachisi Jorjino transferining bir qismiga aylanishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda Fabregasni shaxsan neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek “Napoli”ning sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri yaqin vaqtlar ichida “Chelsi” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!