Fabregas bugun "Monako"ga yordam bera olmaydi
"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas bugun bo‘lib o‘tadigan Frantsiya chempionatining 17-tur qoldirilgan "Nitstsa"ga qarshi o‘yinida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Berilgan xabarlarga qaraganda monakoliklar murabbiylar shtabi noma’lum sababga ko‘ra 31 yoshli ispaniyalik futbolchini bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, Fabregas “Monako” safiga 11 yanvar kuni erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U “Marsel”ga qarshi o‘yinda o‘z debyutini nishonlagan edi.
Ma’lumot uchun, "Monako" - "Nitstsa" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar