
Fakt! AGMK Jizzaxda faqat bir bor g‘alaba qozongan
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati jamoalarning Jizzaxdagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini havola etdi.
UShBU MAVSUMDA
Birinchi davra 10-turida “So‘g‘diyona” safarda AGMK jamoasiga qarshi bahs olib borgan edi va ushbu o‘yinda hisob ochilmagan. Pepsi Superliga 21-turida So‘g‘diyona o‘z maydonida 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. 24-turda esa jizzaxliklar Olmaliqda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
O‘ZARO USTUNLIK
“So‘g‘diyona” hamda AGMK klublari shu kungacha 19 bor kuch sinashishgan.“So‘g‘diyona” hisobida 6 ta, AGMK hisobida 8 ta g‘alaba mavjud. 5 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik olmaliqliklar tomonida - 27:35.
“So‘g‘diyona” o‘zaro o‘yinlarda 23 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, AGMK ham 29 ochkoni qo‘lga qiritgan.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar :
11.08.2018 «So‘g‘diyona» – AGMK 1:3
18.03.2017 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 3:2
14.05.2016 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:0
30.10.2015 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:0
09.08.2014 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 0:0
04.08.2013 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 2:2
15.10.2011 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 5:2
23.03.2009 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 3:2
20.09.2008 «So‘g‘diyona» – «Olmaliq» 1:1
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 9 ta o‘yindan 5 tasida “So‘g‘diyona” g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. AGMK hisobida esa bitta g‘alaba mavjud.
O‘YIN VAQTI VA JOYI
“So‘g‘diyona”- AGMK bahsi ertaga 4 noyabr kuni soat 17:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar