Fakt! "Buxoro" "Lokomotiv"ga qarshi o‘z uyidagi so‘nggi 5 bahsning uchtasida mag‘lub bo‘lgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkent klubi matbuot xizmati esa mazkur bellashuv prevyusini taqdim etdi.  Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tomonlar 25 uchrashuvda qatnashishgan. Shularning 6 tasida "Buxoro"ning g‘alabasi kuzatilgan bo‘lsa, 14 uchrashuvda "Lokomotiv" g‘olib bo‘lgan. Qolgan 5 bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati "Lokomotiv" foydasiga - 30:47.

"Temiryo‘lchilar"ning eng yirik g‘alabasi 2013 yilgi liganing birinchi davrasida kuzatilgan bo‘lib, unda 5:1 hisobi qayd etilgan.

Fakt: "Lokomotiv" "Buxoro" maydonidagi so‘nggi 5 bahsning uchtasida g‘alaba qozongan.
"Buxoro" maydonida o‘tgan 12 uchrashuvda "Lokomotiv" 4 marta g‘alabaga erishgan. 5 bahsda durang qayd etilgan. 3 o‘yinda buxoroliklar o‘z maydonida g‘alabani tantana qilishgan.

Buxoroda o‘tgan so‘nggi to‘qqiz uchrashuv:

15.06. 2017 «Buxoro» - «Lokomotiv» 1:2

22.10. 2016 «Buxoro» - «Lokomotiv» 2:1 

31.05. 2015 «Buxoro» - «Lokomotiv» 2:3

07.11. 2014 «Buxoro» - «Lokomotiv» 1:1

08.11. 2013 «Buxoro» - «Lokomotiv» 0:1

19.05. 2012 «Buxoro» - «Lokomotiv» 1:1

14.08. 2009 «Buxoro» - «Lokomotiv» 2:3

01.03. 2008 «Buxoro» - «Lokomotiv» 0:0

15.08. 2007 «Buxoro» - «Lokomotiv» 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!