Fakt: "Neftchi" so‘nggi marta 11 yil oldin "Loko" maydonida g‘alaba qozongan

  • 11 avgust, 2018, 14:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unda O‘zbekistonning 2 karra chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi “Neftchi” klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni yosh referi – Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘yin soat 20:00da start oladi.

Tecno

Shu o‘rinda ushbu ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Lokomotiv” shu paytga qadar “Neftchi”ga qarshi 27ta o‘yin o‘tkazgan.

O‘zaro o‘yinlarning 15 tasida “temiryo‘lchilar” jamoasi zafar quchgan. 7 ta bellashuvda esa farg‘onaliklarning “qo‘li baland” kelgan. Yana 5ta o‘yin esa durang bilan nihoyasiga etgan.

“Loko” futbolchilari ushbu raqib darvozasini hozirgacha 48 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lishgan, o‘z darvozalaridan esa 33 bor to‘p o‘tkazib yuborgan.

“Lokomotiv”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2016 va 2017 yilgi mavsumlarda qayd etilgan – 4:0.

“Temiryo‘lchilar” o‘z maydonida “Neftchi” bilan o‘tgan 13 bahsning 9tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 bahs tomonlarning kuchi teng kelgan. Qolgan 2 o‘yin "Neftchi"ning g‘olibligi bilan yakunlangan.

Birinchi davradagi bahsda “Lokomotiv” safarda 4:1 hisobida g‘alabaga erishib, uch ochkoni qo‘lga kiritgandi.

Fakt: “Neftchi” “Lokomotiv” maydonidagi so‘nggi 2 bahsda bir hil 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.

“Lokomotiv” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 11 bahsda umuman mag‘lub bo‘lmagan.
“Neftchi” “Loko” maydonida so‘nggi marta 2007 yilning 16 aprelida g‘alabaga erishgan. Unda 1:3 hisobi qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!