Farhod Bekmuratov: Terma jamoamiz Osiyo chempioni bo‘lishiga ishonaman

Bo‘lajak muhim musobaqa oldidan “Andijon” jamoasining etakchisi futbolchilaridan biri Farhod Bekmuratov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Yanvar oyida Birlash Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz xorijlik murabbiy qo‘li ostida musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rayotganini  ijtimoy tarmoqlar orqali guvohi bo‘lmoqdamiz.

Ektor Kuper eng yaxshi nomzodlarni saralab oldi. O‘ylaymanki ushbu futbolchilar bilan terma jamoamiz chempionlikni qo‘lga kirita oladi. Chunki ayni paytda futbolchilarimiz juda yaxshi sport formada. Menimcha Ektor Kuper o‘zi rejalashtirgan jamoaviy o‘yinni musobaqa startiga qadar yanada mukammallashtirib oladi. 

Bo‘lajak muhim musobaqa oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga faqat omad tilayman va umid qilib qolamanki, terma jamoamiz yurtimizga chempion bo‘lib, yorug‘ yuz bilan qaytadi". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!