
Firmino Robinoning rekordini yo‘qqa chiqardi va APLda eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchiga aylanib oldi
Kecha Angliya premer-ligasining 34-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni mersisaydliklarning braziliyalik yarim himoyachisi Roberto Firmino uchrashuvdagi gollarning biriga mualliflik qildi va joriy mavsum APLdagi gollari sonini 15taga etkazib oldi. E’tiborlisi, shu tariqa Firmino braziliyalik futbolchilar orasida Angliya premer-ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi.
U bu bora “Manchester Siti”da to‘p surgan hamyurti Robinoni ortda qoldirdi. Robino 2008/09 yilgi mavsumda o‘z hisobiga 14ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan va ushbu ko‘rsatgich borasida shu kunga qadar etakchilik qilib kelayotgan edi.
Fikrlar