Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Floyd Meyvezer NBAda basketbol klubini sotib olmoqchi

Izohlar: 0


Engilmas amerikalik bokschi Floyd Meyvezer basketbol afsonalaridan biri Mejik Jonson bilan uchrashib, u bilan tushgan rasmini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan biriga joylagan. Rasm izohiga esa NBA klublardan birini sotib olish vaqti kelganini yozib qo‘ygan.

– Mejik Jonson bilan ajoyib uchrashuv. NBAda klub sotib olish vaqti keldi. Agar siz jamoayingizni sotmoqchi bo‘lsangiz, men bilan bog‘laning, – deb yozgan Floyd.

Floyd Mayweather

  • Meyezer professional boksda 49 jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan.
  • Bokschi 2015 yil sentyabrida so‘nggi jangini o‘tkazgan va shundan so‘ng faoliyatini tugatgan edi. Ammo u MMA jangchisi Konor Makgregor bilan urushish uchun ringga qaytmoqchi.
  • Mejik Jonson NBAning “Leykers” jamoasida 906 uchrashuv o‘tkazgan.
  • Mejik – 5 karra NBA chempioni, 3 karra MVP va muntazam chempionatlar finalchisi.

Konor Makgregor Meyvezer o‘rniga Pakyaoni ringga chaqirishi mumkin

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q