"Fulxem" MYu va "Atletiko" futbolchilarini ijaraga oldi (foto)

Londonliklar "Manchester Yunayted" himoyachisi Timoti Fosu-Mensa va "Atletiko" hujumchisi Lusiano Vettoni bir mavsumga ijaraga oldilar.

fosu

2016 yildan buyon MYu safida to‘p tepadigan Fosu-Mensa o‘tgan mavsumni ijara asosida "Kristal Pelas" safida o‘tkazgan edi.

Vetto esa 2015 yildan buyon "matraschilar" a’zosi sanaladi. O‘tgan yili esa ijara asosida "Valensiya" safida to‘p surgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval "Fulxem" "Sevilya" darvozaboni Serxio Rikoni ijaraga olgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!