
Futbol TV Chempionlar ligasining yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimini jonli efirda namoyish etadi
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasining so‘nggi saralash bosqichi pley-off javob bahslari bo‘lib o‘tdi va shundan so‘ng turnirning yangi 2018/19 yilgi mavsumida ishtirok etadigan barcha 32ta klubning nomi ma’lum bo‘ldi.
Bugun Monakoda ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari esa ushbu tadbirni soat 20:40dan boshlab Futbol TVda tomosha qilishlari mumkin. Bu haqda telekanalning telegramdagi rasmiy kanali xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, qur’adan oldin jamoalar o‘zlari egallab turgan reyting bo‘yicha 4ta savatchaga ajratildi:
Birinchi savat: «Real» (Ispaniya), «Barselona» (Ispaniya), «Manchester Siti» (Angliya), «PSJ» (Frantsiya), «Atletiko» (Ispaniya), «Bavariya» (Germaniya), «Yuventus» (Italiya), «Lokomotiv» (Rossiya).
Ikkinchi savat: «Borussiya» D (Germaniya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Benfika» (Portugaliya), «Tottenxem Xotspur» (Angliya), «Portu» (Portugaliya), «Shaxtyor» (Ukraina), «Napoli» (Italiya), «Roma» (Italiya).
Uchinchi savat: «Liverpul» (Angliya), «Lion» (Frantsiya), «Valensiya» (Ispaniya), TsSKA (Rossiya), «Shalke-04» (Germaniya), «Monako» (Monako), «Ayaks» (Gollandiya), «PSV Eyndxoven» (Gollandiya).
To‘rtinchi savat: «Tsrvena Zvezda» (Serbiya), «Bryugge» (Belgiya), «Yang Boyz» (Shveytsariya), «Xoffenxaym» (Germaniya), «Viktoriya Plzen» (Chexiya), «Galatasaroy» (Turkiya), «Inter» (Italiya), AEK (Gretsiya)
Fikrlar