Gadoev va Tursunov to‘p suradigan klub qatorasiga uch o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

Hamyurtlarimiz Sanjar Tursunov hamda Shoxrux Gadoevlar faoliyat olib boradigan "Tedjon Sitizen" jamoasi bu tur safarda "Seongnam" bilan  kuch sinashdi.

Mazkur bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Tursunov bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqada zaxiraga olindi. Gadoev esa 52-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.

Qayd etish joiz, ushbu mag‘lubiyat "Tedjon Sitizen" uchun ketma-ket uchinchisi bo‘ldi. Jamoa bunga qadar "Suvon Siti" (2:3) va "Pusan Ay Park" klublariga imkoniyatni boy bergan edi.

34-turdan so‘ng "Tedjon Sitizen" 49 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 

K Liga-2. 34-tur

"Seongnam" - "Tedjon Sitizen"  2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!