Gimnastika. O‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarilishdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Qozog‘istonda badiiy gimnastika bo‘yicha "Navruz Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 170 nafarga yaqin yosh gimnastikachilar ishtirok etishdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, ular orasida o‘zbekistonlik iqtidor sohibalari ham bor. Hamyurtlarimiz ichida Vazira Yuldasheva, Yasmina Xen, Mishel Nesterova, Evelina Atalyants hamda Madina Rustamovalar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Lola Jo‘raeva va Laziza Mirzakarimovalar kumush medal, Asal Otaboeva va Aleksiya Kiselyovalar bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin kattalar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslarida gimnastikachimiz Sabina Tashkenbaeva 57 nafar ishtirokchi orasida beshinchi o‘rinni egallagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!