
Grizmann "Atletiko"da qolishi ham mumkin, sababi...
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Antuan Grizmann yozda "Barselona"ga ko‘chib o‘tmasligi ham mumkin.
RMC Sport tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli futbolchi bu borada Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bilan fikrlashgan. Yakunda esa tajribali mutaxassis shogirdiga “Atletiko”da qolishni maslahat bergan. Biroq, terma jamoaning aksariyat futbolchilari Grizmanni “Barsa”ga ko‘chib o‘tishga undashmoqda.
Ma’lumot uchun, Grizmann yakunlangan mavsum “matraschilar” safida jam 49ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 29ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar