Grizmanning "Roma" darvozasiga urgan goli EChLda hafta goli bo‘ldi (video)

  • 27 noyabr, 2017, 17:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi forvardi Antuan Grizmanning o‘tgan  hafta Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida “Roma” (2:0) darvozasiga kiritgan goli musobaqaning o‘tgan turdagi eng chiroyli goli deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, frantsiyalik futbolchiga so‘rovnoma ishtirokchilarining 33 foizi ovoz berishgan. Kuchli uchlikdan esa “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich (21%) hamda “Napoli” forvardi Lorentso Insinelar (17%) joy olishdi.

Quyida Grizmanning ushbu golini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!