Gvardiola: "Shalke" amalda hech narsa qila olmadi, ularga ikkala golni ham o‘zimiz sovg‘a qildik

  • 21.02.2019 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola kecha EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Shalke”ga (3:2) qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ajoyib natija. Biz ularga 2ta penalti sovg‘a qildik, keyin esa qizil kartochka. Bunday musobaqalarda ushbu holatlarni yaxshi deb bo‘lmaydi.

Biz yaxshi o‘ynadik, ammo ko‘p vaziyatda to‘pni osonlikcha yo‘qotdik. Chempionlar ligasida esa bunday xatolarga yo‘l qo‘yish kerak emas.

Yana qaytaraman biz 2ta golni ularga sovg‘a qildik, amlda raqiblarimiz hech narsa qilisholmadi. Ammo shuni aytishim lozimki, hali hech narsa hal bo‘lmadi, Chempionlar ligasi – bu umuman boshqa turnir”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” va “Shalke” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 12 mart kuni “Etixad” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
21/02/2019 12:24
2 гол урса, хеч нима кила олмади дейиш озгина ёлгонрок)))