
Gyundogan APLda "Manchester Siti"ga raqobatchi asosiy jamoalarni aytib o‘tdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan har bir o‘yinda jamoa g‘alaba qozonishini ta’kidlab o‘tdi. U shuningdek, bu mavsum “shaharliklar”ga chempionlik yo‘lida “Liverpul” va “Chelsi” jamoalari asosiy raqobatchi bo‘lishini aytib o‘tdi.
– Ikki haftadan so‘ng bizni “Liverpul”ga qarshi o‘yin kutib turibdi, – deya Gyundogangning so‘zlarini keltiradi Goal portali. – Bu o‘yin biz uchun haqiqiy nazorat bo‘ladi. “Liverpul” va “Chelsi” juda kuchli, ammo barchasi o‘zimizga bog‘liq. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
“Manchester Siti” APLda 6 turdan so‘ng 16 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar