Hamyurtimiz Sanjar Tursunov chorak finalga yo‘llanma oldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining Osiyo chempionatidagi zafarli yurishlari davom etmoqda. 91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Hyonkyu Kimni mag‘lub etdi.
Ushbu jangga qadar, 75 kilogramm vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov Falastin vakili Qosim Abudabaatni osonlik bilan 35 soniyada taslim etildi.
Xususan, 64 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldorov Hindiston vakili Ashishga qarshi jang olib bordi.
Uch raund davom etgan bahsda Iqboljon Xoldorov to‘liq ustunlik bilan raqibini mag‘lub etdi.
Shuningdek, 49 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda ringga chiqqan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi. Uch raund davom etgan bahsda terma jamoamiz vakili Shri Lankadan tashrif buyurgan Tivanka Pallehani mutloq ustunlik bilan mag‘lub etdi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar