
Hasanboy Do‘smatov boshchiligidagi eng zo‘r bokschilarimiz Qirol kubogi uchun kurashadi
Jloriy yilning 3-9 aprel kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida yuqori nufuzli musobaqa - "Qirol kubogi-2017" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib bokschilari ishtirok etadi.
Terma jamoamiz murabbiylari musobaqaga Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov, Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliev, o‘z vazn toifasida etakchi bokschilar - Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipovni jalb qilgan.
- Qirol kubogi yuqori nufuzli musobaqa ekanini barchamiz his qilib turibmiz, - dedi Elnur Abduraimov SPORTS.uz axborot portaliga. - O‘zbekiston bokschilar doimo muxldisu mutaxassislar e’tiborida bo‘lgan. Ayniqsa, terma jamoamizning Rio Olimpiadasida ko‘rsatgan yuksak natijasi o‘zbek boks maktabining qudratini jahonga yana bir karra namoyon etdi. Bo‘lajak musobaqada ham faqat g‘alaba uchun ringga chiqamiz.
SPORTS.uz axborot portali muxlislar nomidan bokschilarimiz omad va g‘alaba tilaydi!
Fikrlar