
Haydarovning jamoasi “Al-Vahda”ni engdi
Bugun BAA Pro-ligasida 21-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Aziz Haydarov faoliyat olib boradigan “Ajman” klubi chempionlik uchun harakat qilayotgan “Al-Vahda” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda “Ajman” 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.Mazkur g‘alaba tufayli Haydarov to‘p suradigan jamoa ochkolari soni 26 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
BAA Pro-ligasi. 21-tur
“Al-Vahda” – “Ajman” 2:3.
Manba: SPORTS.uz
Fikrlar