Ibragimovich: Runi kelgach "Di Si Yunayted" sezilarli tarzda kuchaydi

  • 18 oktabr, 2018, 12:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubida faoliyat olib borayotgan hujumchi Zlatan Ibragimovich "Di Si Yunayted" forvardi Ueyn Runining joriy mavsum ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida gapirib o‘tdi.

“Ueyn MLSda o‘zini ajoyib namoyish qilmoqda. U "Di Si Yunayted"ni sezilarli tarzda kuchaytirdi va jamoa uning boshchiligida yaxshi natijalar qayd etmoqda. Chunki, Runi kelgunicha bu jamoa nisbatan yomonroq o‘yin ko‘rsatardi. Runi va uning qanday darajadagi futbolchi ekanligi barchaga ayon”, - deydi shvetsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Runi joriy mavsum hozircha 18ta o‘yinda maydonga tushdi va bu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 10ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!