
Iguain "Chelsi"da ilk golini urdi
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Gonsalo Iguain o‘zining “aristokratlar” safidagi ilk golini kiritdi.
31 yoshli argentinalik futbolchi ayni damda APLning 25-turi doirasida "Xaddersfild"ga qarshi bo‘layotgan o‘yinda frantsiyalik jamoadoshi N'Golo Kantening golli uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol etdi va o‘zining “Chelsi” safidagi debyut golini urdi.
Eslatib o‘tamiz, Iguain “Chelsi” safiga o‘tgan hafta “Yuventus”dan ijara asosida kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar