Iguain "Chelsi"ga, Morata esa...
Mavsumni “Milan” safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
Sky in Italy nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 31 yoshli argentinalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo‘yicha “keksa sinora” bilan kelishuvga erishishgan. Kelishuv shartlariga ko‘ra “Chelsi” Iguainning ijarasini yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, Iuain Londonda o‘zining “Napoli”dagi sobiq ustozi Mauritsio Sarri qo‘l ostida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, Iguainning “Chelsi”ga kelishi Alvaro Morataning “Atletiko”ga o‘tishini tezlashtiradi.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum A Seriyada jami 15ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar