Ilhom Bahromov Jahon chempionati bronza medali uchun kurashadi va kuning boshqa natijalari

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Finlandiyaning Tampere shahrida o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatining 5-kungi bahslari ham o‘zining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashib bormoqda.

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarda yunon-rum kurashi bo‘yicha 3 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Xususan, -96 kilogramm vazn toifasida Temur Mirzo Mamajonov saralash bosqichida turkiyalik Sulaymon Erbayga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, -74 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz Jalgasbay Ermatov chorak finalda shvetsiyalik Per Albin Olofsson to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Shuningdek, -50 kilogramm vazn toifasida yarim finalga qadar etib borgan Ilhom BAhromov Eron vakili Poya Sulat Dod Marzni enga olmadi va u bronza medali uchun bahsda xitoylik Xaifeng Jangni sinovdan o‘tazishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!