
Ilkay Gyundogan: "Manchester Siti" bu paytgacha kamida bir marta EChLda g‘olib chiqishi kerak edi
“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoasining Chempionlar ligasidagi g‘alabasi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“So‘nggi yillardagi Chempionlar ligasi biz uchun turlicha kechdi. Aytishim kerakki “Manchester Siti” kamida bir marta ushbu musobaqa g‘olib chiqishi kerak edi.
Har qanday klub va har qanday futbolchi qachondir ushbu sovrinni qo‘lga kiritishni xohlaydi.
Bu erda har bir bosqichda kuchli raqobat bo‘ladi va sening g‘alaba qozonish imkoniyatlaring u qadar yuqori bo‘lmaydi. Lekin shunday jamoalar borki, ular ketma-ket g‘olib bo‘la olishadi.
Agar jamoa sifatida hamda futbolchi sifatida elitada turishni xohlasang, albatta ushbu musobaqada g‘olib chiqishing kerak”, - deydi germaniyalik futbolchi UEFA rasmiy sayti bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” EChLning 1/8 finalida “Shalke”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv ertaga Gelzenkirxenda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar