Immobile "Latsio"da Krespodan keyingi eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi

  • 1 aprel, 2018, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Latsio” klubi forvardi Chiro Immobile kecha Italiya A Seriyasining 30-turida “Benevento” (6:2) darvozasini ikki bor aniq nishonga oldi.

Tecno

Shu tariqa 28 yoshli italiyalik futbolchi chempionatdagi gollari sonini 26taga etkazib oldi. Ta’kidlash kerakki, rimliklar safida so‘nggi bor Ernan Krespo (2000/01) bir mavsumda 26ta gol urishga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, Immobile joriy mavsum A Seriyaning jami 27ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 26ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!