
International Champions Cup. "Inter" bugun "Chelsi"ga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor shu kunlarda dunyoning ko‘plab yirik shaharlarida Evropaning grand klublari yangi mavsum oldidan tashkil etiladigan an’anaviy International Champions Cup tijoriy turnirida ishtirok etishmoqda.
Bugun Frantsiyaning Nitstsa shahridagi "Alyants Rivera" stadionda turnir doirasida “Chelsi” Milanning "Inter" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi
"Chelsi" – "Inter"
Stadion: "Alyants Rivera" (Nitstsa, Frantsiya)
Boshlanish vaqti: 23:00
Bosh hakam: Nikolya Reynvill (Frantsiya)
Taxminiy tarkiblar:
"Chelsi": Bulka – David Luis, Dzappakosta, Alonso, Jorjino, Ampadu, Xadson-Odoi, Pedro, Barkli, Fabregas, Morata.
"Inter": Xandanovich – Ranokkiya, D’Ambrozio, Shkrinyar, de Vrey, Kandreva, Asamoa, Galyardini, Emmers, Martines, Ikardi.
Fikrlar