Isko: Ronalduning ketganini hozircha sezmayapmiz
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Isko portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Shubhasiz, Ronaldu bir mavsumda 50ta gol ura oladigan ajoyib futbolchi. Lekin biz futbol nima ekanligini yaxshi bilamiz. Agar biz g‘olib bo‘lsak, barcha u ketgach ham biz hech narsa yo‘qotmaganimizni aytadi. Bordiyu, mag‘lub bo‘lsak biz usiz hech narsaga qodir emasligimizni aytishadi. Tarkibimizda shunday futbolchilar borki, ular o‘tgan mavsum ko‘p gol urishmagan, ammo bu mavsum ko‘p gol urishmoqda. Biz hozircha Ronalduning ketganini sezmayapmiz, ammo mavsum endigina boshlandi. Biz esa xuddi shu ruhda davom etishga umid qilamiz”, - deydi Isko.
Fikrlar