Ispan tennischisi o‘z hamyurtini keyingi bosqichga kurashsiz o‘tkazib yubordi
AQShning Indian-Uells shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida davom etayotgan “BNP Paribas Open - 2017” musobaqasida ishtirokchilar to‘rtinchi bosqich yo‘llanmasi uchun kurashni boshladi.
Mukofot jamg‘armasi 7 913 405 AQSh dollari bo‘lgan nufuzli turnirning uchinchi davrasida ispaniyalik Roberto Bautista-Agut o‘zini yomon hich qilayotgani bois hamyurti Pablo Korreno-Bustaga qarshi kortga chiqmadi va raqibini keyingi davraga o‘tkazib yubordi.

Hozirgacha yakunlangan natijalar bilan tanishing:
Dominik Tim (Avstriya, 8) — Misha Zverev (Germaniya, 29) 6:1 6:4
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya, 21) — Roberto Bautista-Agut (Ispaniya, 16) Rt
Dushan Layovich (Serbiya, Q) — Vashek Pospishil (Kanada, Q) 6:7 6:3 7:5
Yosixito Nisioka (Yaponiya, LL) — Tomash Berdix (Chexiya, 13) 1:6 7:6 6:4
Stanislas Vavrinka (Shveytsariya, 3) — Filipp Kolshrayber (Germaniya, 28) 7:5 6:3
David Goffen (Belgiya, 11) — Albert Ramos (Ispaniya, 22) 7:6 6:4
Pablo Kuevas (Urugvay, 27) — Fabio Fonini (Italiya) 6:1 6:4

Fikrlar