Ispaniya Kubogi. "Barselona" yirik hisobda "Erkules"ni taslim qilib, nimchorak finalga chiqdi

  • 22 dekabr, 2016, 08:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Ispaniya Kubogi 1/16 final javob o‘yinida "Barselona" o‘z maydonida "Erkules" futbolchilari bilan kuch sinashdi. 

Gollarga boy kechgan o‘yinda kataloniyaliklar 7:0 hisobida g‘alaba qozondi. Arda Turan xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Pako Alkaser nihoyat gol urdi. Shuningdek, Din, Rafinya va Rakitich ham o‘z nomini tabloga yozdirdi.  

Barselona – Erkules 7:0 (2:0, 5:0)

Gollar: 1:0 – 37 Din, 2:0 – 45, penalti Rakitich, 3:0 – 50 Rafinya, 4:0 – 55 Turan, 5:0 – 73 Pako Alkaser, 6:0 – 86 Turan, 7:0 – 89 Turan.

Barselona – Sillessen, Aleish Vidal, Umtiti, Din, Maskerano, Suares, Andre Gomesh, Rafinya, Rakitich, Turan, Pako Alkaser.

Erkules – Riko, Roxas, Penya, Dalmau, Bueso (Maynts, 54), Minyano, Fernando, Xose Gaspar (Neto, 46), Chechu, Cheka, Berrokal (Salinas, 69).

Ogohlantirishlar: Penya (42), Aleish Vidal (42).

Dastlabki uchrashuv: 1:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!