Ispaniya kubogi. "Barselona" safarda "Atletiko"ni mag‘lub etdi
Biroz avval Ispaniya poytaxti Madrid shahrida mamlakat kubogi, yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Atletiko" mehmoni bo‘lgan Kataloniyaning "Barselona" klubi 1:2 hisobida zafar quchishdi.
O‘yinning 7-daqiqasida Suares hisobni ochgan bo‘lsa, Messi 33-daqiqada hisobdagi farqni 2taga etkazdi, 0:2. Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida mezbonlarning iqtidorli xujumchisi Antuan Grizmann hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi, 1:2.

"Atletiko" — "Barselona" 1:2
Gollar: Grizmann, 59 — Luis Suares, 7, Messi, 32
"Atletiko": Moyya — Vrsalko (Torres, 46), Godin, Savich, Felipe Luis — Xuanfran, Gabi, Koke, Saul (Gaytan, 59) — Karrasko (Gameyro, 69), Grizmann
"Barselona": Sillessen — Roberto, Pike, Umtiti, Alba — Rakitich (Denis Suares, 58), Maskerano, Andre Gomesh (Rafinya, 72) — Messi, Luis Suares, Neymar
Ogohlantirishlar: Saul, Savich, Grizmann, Xuanfran — Neymar, Messi, Maskerano

Fikrlar