
Ispaniya kubogi. "Real" chetlatilgan edi, "Barselona" nega diskvalifikatsiya qilinmadi?
Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, "Levante" arznomani 5 kunlik muddat o‘tib ketgach berilgani uchun shikoyat qanoatlantirilmadi.
Ilgariroq tashkilot "Barselona" Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Levante"ga qarshi kechgan dastlabki o‘yinda diskvalifikatsiyaga uchragan Xuan Movilyani maydonga tushirib xato qilganini ma’lum qilgan edi.
Shunday qilib, kataloniyaliklar Ispaniya kubogidagi yurishini davom ettiradigan bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil xuddi shunday holatga "Real" ham tushgan va Ispaniya kubogidan diskvalifikatsiya qilingan edi. O‘shanda aslida maydonga tushishi mumkin bo‘lmagan Denis Cherishev "Kadis"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgani bunga sabab bo‘lgan edi.
Fikrlar