Asosiy mazmunga oʻtish

WSB Uzbek Tigers

Isroil Madrimov WSB haftaligining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Izohlar: 0


Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak final ilk janglarining eng yaxshi bokschisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga etdi.

Unga ko‘ra, “Uzbek Tigers” a’zosi Isroil Madrimov (75 kg) 71% ovoz jamg‘arib, eng yaxshi bokschi deb topildi. U Samarqandda amaldagi chempion “Cuba Domadores” bokschilariga (3:2) qarshi kechgan jangda Rio Olimpiadasi va jahon chempioni Arlen Lopesni mag‘lub etgan edi.

madrimov_lopez

Shuningdek, ushbu so‘rovnomada “France Fighting Roosters” vakili ispaniyalik Samuel Karmona 24% va “Astana Arlans” bokschisi Saparbay Aydarov 5% ovoz bilan keyingi o‘rinlarni band qilishdi.

>>> “Uzbek Tigers” javob uchrashuvida “Cuba Domadores” to‘sig‘idan o‘ta oladimi? (sharh)

Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” bokschilari “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi javob uchrashuvlarini 19 may kuni o‘tkazadi.

Uzbek_Tigers

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q