Istomin kuchli raqibini 5 soat qiynadi

  • 29 avgust, 2017, 09:18
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Kecha oqshom O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turniri doirasida o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Tecno

Hamyurtimizga qarshi ispaniyalik Albert Ramos kortga chiqdi. ATP reytingida 24-o‘rinda borayotgan Ramos Denisga qarshi bahsda juda qiynaldi.

5 set davom etgan qarama-qarshilikda ispan tennischisi 4:6, 7:6, 7:5, 6:7 va 7:5 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Qayd etish joiz, mazkur bellashuv 4 soat 59 daqiqa davom etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!