JCh–2018 saralashi. O‘zbekiston – Qatar uchrashuvini iroqlik hakamlar boshqaradi

  • 15 mart, 2017, 10:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCh–2018 turniri “A” guruhi 7-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston– Qatar uchrashuvi rasmiylarini tayinladi.

Uchrashuv bosh hakami etib iroqlik Muhammad Qosim Sarray tayinlandi. Qanotlarda uning hamyurtlari Muhammad Muayyad Ali va Vothiq Obaid al-Suaydi ishlaydi. To‘rtinchi hakam vazifasini ham iroqlik Zoid Tamer Muhammad bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi – Yoqub Muhammad Rodzali (Malayziya). Uchrashuv komissari etib hindistonlik  Prints Rufus tayinlandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi bellashuv Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 18:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!