
JCh-2018 saralashi. Meksika va AQSh g‘alaba qozondi
Bugun KONKAKAF mintaqasida 2018 yilgi JCh uchun 5-saralash bosqichining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Meksika o‘z maydonida Gondurasni qabul qildi va yirik – 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Keylor Navas etakchiligidagi Kosta-Rika terma jamoasi esa Panama bilan nursiz durang qayd etdi.
AQSh termasi esa “Borussiya Dortmund”da to‘p suradigan Kristian Pulishichning dubli evaziga Trinidad va Tobago termasini mag‘lub etdi va turnir jadvalida 13 ochkoga ega bo‘lgan xolda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
JCh-2018 saralashi. Shimoliy Amerika. 5-bosqich. 5-tur
Meksika – Gonduras 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 34 Alanis, 2:0 – 63 Losana, 3:0 – 66 Ximenes.
Kosta-Rika – Panama 0:0
Chetlatish: Gonsales 54(Kosta-Rika).
AQSh – Trinidad va Tobago 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 52 Pulishich, 2:0 – 60 Pulishich.
Fikrlar