
Jahon chempionatiga qaerda va qachon qur’a tashlanadi?
Xabaringiz bor kelgusi yil Rossiya yashil maydonlari sayyoramizning eng yirik sport musobaqasi hisoblangan futbol bo‘yicha jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi.
14 iyundan 15 iyulga qadar dunyoning eng kuchli 32ta terma jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadigan mundialning guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi shu yilning 1 dekabr kuni Moskvadagi Kreml saroyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 musobaqalari Rossiyaning 11ta shahrida, jami 12ta stadionda o‘tkaziladi. Turnirning final uchrashuviga esa Moskva shahridagi “Lujniki” o‘yingohi mezbonlik qiladi.
Fikrlar