Jasur Ahmadjonov Toshkentdagi boks kechasida indoneziyalik raqibidan ustun keldi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan professional janglarda 8 nafar bokschimizdan 6 nafari o‘z ishtirokini yakunladi va ularning barchasi zafar quchdi.
Hozirgina yakuniga etgan kechaning -jangida hamyurtimiz Jasur Ahmadjonov professional ringdagi beshinchi jangini indoneziyalik Stevi Ongen Ferdinandusga qarshi o‘tkazdi. Bu bokschi bugungi to‘qnashuvga qadar 42 ta jang o‘tkazib, 27 g‘alaba, 14 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
66,6 kg vaznda o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, Ahmadjonov g‘olib deb e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy jangida Aziz Abdug‘ofurov (10-0-0, KO4) rossiyalik Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13) bilan kuch sinashadi.

Fikrlar