
"Jenoa" "Yuventus" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Stefano Sturaro faoliyatini "Jenoa"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda genuyaliklar 25 yoshli futbolchini 1,5 mln evro evaziga mavsum yakuniga qadar ijaraga olishgan. Ta’kidlash kerakki, “Jenoa” ijara muddati yakunlangach Sturaroni 8,5 mln evro evaziga to‘liq sotib olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Sturaro mavsumning birinchi yarmini “Sporting” safida ijara asosida o‘tkazdi. Ammo, jarohati sabab birorta ham o‘yinda maydonga tusha olmadi.
Ma’lumot uchun, Sturaro asli “Jenoa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012-2015 yillarda genuyaliklar sharafini himoya qilgan. Italiya terma jamoasida esa 4ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar