Jismoniy tarbiya va sport vaziri Andijonda bo‘ldi

  • 21 may, 2018, 23:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

18-20 may kunlari Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov Andijon viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.

Tecno

Dastlab 18 may kuni vazir Qilichbozlik sport majmuasi faoliyati bilan tanishdi hamda faoliyat olib borayotgan rahbar va murabbiy xodimlar bilan muloqotda bo‘lib, ularning ishini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Andijon shahrida yangidan barpo etilayotgan “Universal sport majmuasi”da olib borilayotgan qurilish-tiklash ishlarining borishi bilan tanishgan vazir qurilish jarayonida  sport majmuasi uchun ishlab chiqilgan kontseptsiyaga to‘liq rioya qilinishi yuzasidan bosh pudratchi tashkilot rahbarlari bilan suhbatlashdi.

19 may kuni Shoakrom Isroilov Andijon Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyati bilan tanishdi. Jumladan, muassasada sport mashg‘ulotlarlarini to‘g‘ri tashkil etish, o‘quvchilarning to‘g‘ri ovqatlantirilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.

Shu kuni Ulug‘nor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida Andijon viloyati faollari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdi.

20 may kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida vazir Bo‘z tumanida bo‘lib, bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyati bilan tanishdi hamda sport muassasasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, xizmat safari davomida viloyatdagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari raxbarlarining talab va takliflaridan kelib chiqib, sport muassasalarini sport anjomlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!