
Jo‘rabek Karimovning g‘alabasini barchamiz sog‘ingan edik
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada Jo‘rabek Karimov ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Sovrin jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada Jo‘rabek latviyalik Arturs Lazdinsga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada Shonig‘mat Shofayziev ham ishtirok etmoqda. U turnirning ilk bosqichida turkiyalik Anil Yuksel bilan raqobatlashadi.
Fikrlar