Jo‘rabek evropalik raqiblarini ketma-ket engmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyadagi "Fyuchers" turnirida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov saralash bellashuvlaridan muvaffaqiyat o‘tib, asosiy to‘r o‘yinlarida ham zafar quchmoqda.

 

Saralash musobaqasida shveytsariyalik Severin Shteyner, rossiyalik Ivan Kalinin va kanadalik Pavel Kraynikni mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz asosiy to‘rdagi dastlabki bahsini shvetsiyalik Patrik Bridolfga qarshi o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik raketka ustasi 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Jo‘rabek Karimov chorak final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan o‘yinda mezbonlar vakili Jem Ilkelga qarshi kortga chiqadi.

Juftlik musobaqalarida rossiyalik Kirill Dimitriev bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Jo‘rabek Karimov birinchi uchrashuvda braziliyalik Pedro Bernardi va gvatemalalik Kristofer Dias Figerao duetidan 6:2, 6:3 hisobidani ustun kelgandi.

Ikinchi davradagi raqiblar - slovakiyalik Patrik Fabian va ukrainalik Filipp Kekercheni musobaqani tark etgani bois hamyurtimiz o‘z sherigi bilan yarim finalga kurashsiz chiqdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!