
KK-2017. Germaniya - Meksika o‘yinining eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi
Kecha Sochidagi “Fisht” stadionida Konfederatsiyalar kubogining ikkinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Meksika terma jamoasi Germaniya bilan bahs olib bordi.
Gollarga boy tarzda o‘tgan o‘yinda Germaniya 4:1 hisobida g‘alaba qozondi . Ushbu o‘yinda “dubl”ga erishgan Leon Goretska esa muxlislar tomonidan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Nemislar endi 2 iyun kuni Moskvadagi “Spartak-Arena” stadionida bosh sovrin uchun Chili terma jamoasi bilan bahs yuritadi.
Fikrlar