Kanadalik go‘zal tennischi chorak finalga chiqdi
So‘nggi yillarda o‘yini qovushmayotgan kanadalik tennischi Ejeni Bushar Taybey shahrida o‘tayotgan “Taiwan Open” musobaqsida chorak finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi davraning Ejeni Bushar va ruminiyalik Ana Bogdan o‘rtasidagi uchrashuvda kanadalik tennischi har ikkala setda 7:5 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Ejeni yarim finalga chiqish uchun xitoylik Van Yafanga qarshi raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, Bushar so‘nggi to‘qqiz oyda ilk marotaba bir turnirda qatorasiga ikki marotaba g‘alaba qozondi.

Fikrlar