Kanseluning xaridorlari ko‘paymoqda

  • 11 may, 2018, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Inter" himoyachisi Joau Kanseluga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra mankuanliklar 23 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, “Inter” asli “Valensiya”ga tegishli hisoblangan Kanseluning transferini 31 mayga qadar 35 mln evroga sotib olish olish huquqiga ega. Biroq, milanliklar ispan klubidan ushbu summani yana ham kamaytirishni so‘rashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” forvardi Krishtianu Ronaldu jamoa rahbariyatiga Kanseluni sotib olishni maslaxat berayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!