Karolina Plishkova ajoyib g‘alabaga erishdi
Chexiyalik tennischi Karolina Plishkova "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" musobaqasining uchinchi davrasiga yo‘l oldi.
Melburn shahrida o‘tayotgan ushbu turnirning ikkinchi davrasida Karolina amerikalik Medison Brenglni 4:6, 6:1, 6:0 hisobida mag‘lub etdi,
Endi Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi bosqichida Plishkova italiyalik Kamila Jorjiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar