Karolina Plishkova dugonasidan kuchli ekanini isbotladi

Chexiyalik Karolina Plishkova va Katerjina Sinyakova Monreal shahrida o‘tayotgan "Rogers Cup" turnirida o‘zaro raqobatlashdi.

Ikki set davom etgan o‘yinda Karolina raqibasi ustidan har ikkala setda bir hil 6:4 hisobida zafar quchdi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Endi Plishkova navbatdagi bosqichda gollandiyalik Kiki Bertens, yoki kanadalik Kerol Jao bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!